AsosiyJamiyat

Toshkentda 475 ta mahalla raislari hamda 5 mingdan ortiq maslahatchilar saylanadi

Kuni kecha fuqarolar yig`inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o`tkazishga ko`maklashuvchi Toshkent shahar komissiyasi navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

 Unda joriy yilning noyabr-dekabr oylarida o`tkaziladigan saylovni yuqori saviyada o`tkazish, joylarda Qonun ustuvorligini ta`minlash masalalari atroflicha ko`rib chiqildi. Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmatida [url=http://toshkent.uz/]xabar berilishicha, yig`ilishda Fuqarolar yig`inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o`tkazishga ko`maklashuvchi shahar va tuman ko`maklashuvchi komissiyasi va ishchi guruhi a`zolari, tuman hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari, huquqshunoslari ishtirok etdi. Jumladan, shahar ko`maklashuvchi komissiyasi Respublika va tuman ko`maklashuvchi komissiyalari bilan hamkorlikda tumanlarda mahalla faollari hamda tuman ishchi guruhlari a`zolari ishtirokida kengaytirilgan yig`ilishlar, seminarlar, uchrashuvlar o`tkazildi. Shahar komissiyasining belgilangan rejasiga muvofiq bu kabi tadbirlar barcha tumanlar kesimida o`tkaziladi. Bo`lajak saylov natijalariga ko`ra poytaxtdagi 475 ta mahalla raislari hamda 5 mingdan ortiq maslahatchilar muqobillik asosda saylanishi lozim. Yig`ilish yakuniga ko`ra, ko`rilgan masalalar yuzasidan  ko`maklashuvchi komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar