12.11.2013 09:37
Metro bekatlaridagi reklamalar nima uchun olib tashlangani ma`lum bo`ldi
[url=http://podrobno.uz/]Podrobno.Uznashrining gazetadagi intervyuga tayanib xabar berishicha, podpolkovnik er osti yo`llarida reklamalarning olib tashlangani sababini yo`lovchilarning diqqatini chalg`itishi bilan bog`ladi.
«Yo`lovchi reklamaga qarab turib, yon-atrofida kimdir qoldirib ketgan sumkani ko`rmasligi yoki boshqa yo`lovchilarning o`zini g`alati tutayotganiga e`tibor bermasligi mumkin. Shuning uchun, fuqarolarni ogohlikka, hushyorlikka chaqirish, ularning xavfsizligi ko`p hollarda o`zlariga bog`liqligini eslatish maqsadida metrolarda reklamalar olib tashlandi», — deydi podpolkovnik. Ayni vaqtda metropolitenning barcha bekatlarida keng kuzatuv uchun qo`shimcha videokameralar o`rnatilmoqda. Ichki ishlar xodimlari va kameralarning mavjudligi amaliy ahamiyatga ega bo`lib, aholi tartibini kuzatishda ijobiy samara beradi hamda huquqbuzarliklarga moyil odamlarga to`siq vazifasini o`taydi. Shu bilan birga fuqarolarda o`zining xavfsiz va himoya ostida ekanligiga ishonch uyg`otadi.
Shuningdek, intervyuda Toshkent metropolitenlarida davlat mulkiga ziyon etkazish, bezorilik, o`g`rilik kam uchrashi, biroq, erosti transportidan foydalanish qoidalarini buzish, taqiqlangan narsa-buyumlarni olib kirishga urinish hollari tez-tez sodir bo`layotgani tilga olingan.
Bundan tashqari, IIB xodimlari yo`lovchilar sumkasini ochib ko`rsatishni so`raganda, buni to`g`ri tushunib, aynan o`zlarning xavfsizligi uchun shunday qilinayotganini anglagan fuqarolarimiz bilan birga, bunga qarshilik ko`rsatuvchilar ham topilishi ta`kidlab o`tilgan.
Qolaversa, bekatlarda yo`lovchilar sumkalarini, muhim hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlarini esdan chiqarib qoldirib ketish hollari ham yuz berayotganligi qayd etiladi maqolada.
Nashrning qayd etishicha, shu yilning 9 oyi mobaynida metropoliten hududida 2756 nafar kishi ma`muriy intizomni buzgan, 1560 nafar kishi shaxsi aniqlanishi uchun IIBga olib kelingan, 36 nafar kishi yong`in xavfsizligi qoidalarini buzgan.





