AsosiyJamiyat

Air India samolyoti favqulodda ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga qo`ndi

Boeing-777 samolyotining majburiy qo`nishining sababi bortkuzatuvchining ahvoli yomonlashgani sababli amalga oshirilgan. Qo`nish chog`ida samolyot shinasi yorilib ketgan.[url=http://www.gazeta.uz/2013/11/09/airindia/]

Gazeta.Uzning hind nashrlariga tayanib xabar berishicha, samolyot shanba kuni Nyu-Dehlidan Nyu-Yorkka AI-101 reysi bilan parvoz qilgan.

Havo kemasi bortida 253 nafar kishi, xususan 241 nafar yo`lovchi va 12 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.

Yo`lovchilarni o`z manziliga eltib qo`yish uchun Air India aviakompaniyasi huddi shunday samolyot, texnik mutaxassislar hamda qo`shimcha ekipaj a`zolari bilan Mumbay shahridan yuborgan. Xabarlarda qayd etilishicha, voqea Toshkent vaqti bilan ertalab taxminan 5:00da yuz bergan. RTI axborot agentligining xabar berishicha, Toshkentda mazkur samolyot yo`lovchilarga barcha zarur sharoitlar yaratilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar