Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Fransiyaning PSJ klubi himoyachisi Serj Orega qiziqish bildirayotgani rad etildi. Bu haqda Manchester Evening News xabar bermoqda.
Avvalroq ivuarlik himoyachi “MYu”ning qiziqishlar doirasiga tushib qolgani hamda “qizil iblislar” Ore bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Unga ko`ra “MYu” Serj Oreni 27 million funtga sotib olishi ma`lum qilingan. Ammo shu vaqtgacha xabar o`z tasdig`ini topmagandi.