1

KIMNING TUShI O`NG KELADI?..

SUG'DIYONA 07.08.2017, 09:32
KIMNING TUShI O`NG KELADI?..

Tushlarga ishonmaydigan odam kam bo`lsa kerak. Kimdir tushlarim o`ng keladi, deb qat`iy ishonsa, ba`zi birovlar ishonsa-da, ammo tushlarga u qadar ahamiyat bermaydi. Astrologlarning fikriga ko`ra esa har bir insonning tushlari ijobati uning qaysi burj ostida tug`ilganiga boqliq ekan.

Bilganingizdek, barcha insonlar ham o`ngidan keladigan tushlar ko`rish qobiliyatiga ega emas. Ko`pincha Suv unsuri ostida tug`ilgan kishilar kelajakni aytib beruvchi tushlar ko`rishi mumkin ekan. Ular, Baliq, Qisqichbaqa va Chayon burji ostida tug`ilgan kishilar hisoblanadi. Odatda ular yorqin va esda qolarli tushlar ko`radilar. Ushbu burj vakillari tushlarini eslab qolib, uning amalga oshgan yo oshmaganini tekshirib ham ko`radilar. Ammo ularning tushlari majoziy bo`lib, bu tushlar talqin qilishga muhtoj bo`ladi. Shuning uchun ularni to`g`ridan-to`g`ri qabul qilish murakkab.

Ammo Baliq burji ostida tug`ilganlar o`z tushlarini o`zlari talqin qilish qobiliyatiga egalar, garchi ko`p chalkashliklarga duch kelishsa-da. Odatda Baliqlarda muhabbat va bolalar masalasidagi tushlari o`ng chiqadi. Ammo faqat bu emas. Ko`pincha tavakkal qiladigan ishlari, turli yutuqlar kabilarda ham ularning tushlari o`ng chiqishi mumkin.

Qisqichbaqalar tush sohasida juda omadlilar. Ular odatda uzoq sayohatlar va boshqa mamlakatlarga safarlar kabilarni oldindan ko`ra bilish qobiliyatiga egalar.

Chayon burji vakillarining tushlari esa ko`p hollarda xizmat, ish bilan bog`liq bo`lganda o`ng kelishi mumkin. Masalan, agar siz tushingizda imtihon topshirayotganingizni ko`rsangiz, demak, muhim bir hodisa arafasidasiz. Bu faqatgina tush mazmuni bilan bog`liq emas, boshqa sohalarda ham bo`lishi mumkin.

Havo unsuri vakillari — Egizaklar, Tarozi va Qovg`alar insonlar orasidagi munosabat, shuningdek, turli timsollar va chizmalar bilan bog`liq tushlarga unchalik ahamiyat bermaganlari ma`qul. To`g`ri, ular ko`rgan tushlari natijasida muhim ilmiy kashfiyotlar qilishi yoki biron muammosiga javob olishi mumkin. Bu ko`proq Egizaklar burjida tug`ilganlarga taalluqli.

Ammo Tarozi burji ostida tug`ilganlar romantik bo`lib, ularning tushlari ham ko`proq muhabbat borasida rost chiqadi.

Qovg`a burji ostida tug`ilganlarga ham bu borada omad kulib boqqan. Ularning ham tushlari ko`pincha o`ng keladi. O`z tushlari yordamida ular ham turli kashfiyotlar qilishi, yuqoridan biror ishora olishlari mumkin. Umuman, Qovg`alar barcha burj vakillaridan ko`ra sirliroq. Shuningdek, ular hamma vaqt ham tushlarini talqin qilavermaydilar, ular moddiy olamdan ko`ra ko`proq ma`naviy olamda yashashadi.

Olov unsuri ostida tug`ilgan Qo`y, Arslon va Yoy burji vakillari boy tasavvurlari bilan maqtansa arziydi. Ular hatto o`z kelajaklarini ham dasturlash xususiyatiga egalar. Tushlarida nima ko`rsalar, shu ularning o`ngida ham davom etishi mumkin. Odatda tushlari o`ngidan keluvchilar orasida mashhur insonlar: siyosatchilar, harbiylar, san`at kishilari ko`p uchraydi. Olov unsuri vakillari uchun yorug`lik, yorqin narsalar kabilarni tushga kirishi ko`pincha o`ng bo`ladi.

Arslon burji vakillari esa ko`pincha chiroyli, ammo aldamchi tush ko`radi. Ular tush ta`birlari kitoblarini varaqlamas ham bo`ladi. Qo`y va Yoy burji vakillari uchun muhabbat, sayohat, ilm borasidagi tushlari o`ng kelishi mumkin. Ushbu burj vakillari keng miqyosdagi tushlar ko`rishi va ular o`ng kelishi mumkin. Faqat buni vaqtida payqab olish lozim, xolos.

Er unsurlari vakillari bo`lmish Buzoq, Sunbula va Tog` echkilarining tushlari hamma vaqt ham o`ng kelavermaydi. Ular ko`pincha ko`rgan tushlarini unutib ham yuborishadi. Ammo shunday bo`lsa-da, ko`pincha qaysidir sohalarda ularning tushlari o`ng kelishi mumkin.

Masalan, Buzoqlar oziq-ovqat va kiyim, Sunbulalarda kitob va va boshqa xo`jalik mollari, Tog` echkilarida esa qurilish va xo`jalik kabi sohalarda ko`rgan tushlari o`ng keladi. Ularning ko`pchiligi asosan tushlarida hayvonlar, o`simliklar va inson a`zolarini ko`radi. Shuningdek, tushlari asosan aniq bir masal yuzasidan, masalna, Biron nima xarid qilish, ishdagi biron o`zgarishlar kabilarda amalga oshishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1