1

OShIG`INGIZNING «SMS»LARI. U HAMMASINI OShKOR ETADI

SUG'DIYONA 07.08.2017, 10:01
OShIG`INGIZNING «SMS»LARI.  U HAMMASINI OShKOR ETADI

Erta-yu kech orzu qiladigan oq otli shahzodani uchratish baxtiga musharraf bo`ldingiz: u aqlli, chiroyli, xushchaqchaq. Sizga esa xayolingizda charx urayotgan bir o`y tinchlik bermayapti: «U ham menikidek tuyg`ularni his qilayotganmikan?” Bu savolga javob topish uchun «SMS» yozishmalaringizni tahlil qilishning o`zi kifoya.Birinchi uchrashuvingizdan qancha vaqt o`tib u «SMS» yozdi?

1. Birinchi uchrashuvingizdan qancha vaqt o`tib u «SMS» yozdi?

A) Bir soatdan kamroq. Uyga etgan zahotim telefonimga «SMS» keldi.

V) «SMS» kelgunga qadar, chamasi, besh soat o`tgandi, yaxshigina hayajonlanishga ham ulgurdim.

S) Men ikkita «SMS» yozganimdan so`ng xabar oldi.

2. Uning «SMS»ida nimalar bitilgan?

A) «Siz bilan vaqtim juda chog` o`tdi. Haftaning yaqinlashayotgan juma kunida ko`rishishga qarshilik bildirmaysizmi?»

V) «Uyga yaxshi etib oldingizmi?»

S) «Sizni yana bir ko`rmasam bo`lmaydi! Ertaga borsam maylimi?»

3. Oshig`ingiz sizga qanchalik tez «SMS» jo`natadi?

A) Bir kunda bitta yoki undan ham kam.

V) Bir kunda o`n marta, ba`zan esa bir soatda.

S) Kun davomida bittadan o`ntagacha.

4. Odatda javob qancha muddatdan so`ng keladi?

A) Sevgilim har doim bir necha soniya ichida javob yozib yuboradi.

V) Ko`pincha o`n daqiqalarda.

S) Har safar har xil: ba`zan tez javob yozadi, ba`zan esa yarim kunlab kutishimga to`g`ri keladi. «SMS»ga javobni kech yozgani uchun doim bahonasi tayyor turadi.

5. Quyidagi xushomadlarning qaysi biri sizning Majnuningiz «qalamiga mansub» bo`lishi mumkin?

A) «Siz bilan o`zimni anchagina engil his qilaman! Xuddi bir-birimizni so`zsiz tushunadigandekmiz! Men bilan bunaqasi birinchi marta sodir bo`lyapti!»

V) «Bugun juda jozibali ko`rinishda edingiz».

S) «Siz pishirgan pirogdan shirinroq narsa emaganimni tan olsam xafa bo`lmaysizmi?»

6. «Oq otli shahzoda»ngiz sizga qanday sevgi nomalarini yo`llaydi?

A) Kamdan kam, lekin har uchrashganimizda his-tuyg`ulari haqida so`z ochadi.

V) Qachonlardir shunday yozgandi: «Siz meni hushimdan ayirayapsiz!» Tuyg`ularini bir martagina faqat shu jumla bilan ifodalagan, uning asl ma`nosini hanuzgacha tushunmayman.

S) Har doim sevgi izhori yozilgan «SMS» keladi. Bundan xursandman, faqat bir xillikdan qochib, chiroyli so`zlarni tanlashni o`rganganida yanada quvonardim.

7. Erta tong. Soat 5:00. Undan bu vaqtda qanday «SMS» kelishi mumkin?

A) «Ko`zimga uyqu ilinmadi! Sizni juda ko`rgim kelyapti...»

V) «Xayrli tong! Uyg`otib yubormadimmi? Kecha uchrashganimizda sumkangizda dastro`molcham qolib ketmabdimi? Hech qaerdan topolmayapman-da!»

S) «Tezroq turmush qurishimizni istayman!»

8. Odatda u «SMS»larning tashkilotchisi bo`ladimi yoki faqatgina savollaringizga javob qaytaradimi?

A) Ikkinchi variant: ko`pincha «SMS» yozishni ham, suhbatni ham men boshlayman.

V) Ba`zan unday, ba`zan bunday. Kim ko`proq sog`insa, o`sha birinchi qadamni qo`yadi.

S) Birinchilikni qo`ldan boy berishni istamaydi! Erta tongda uyqudan ko`zimni ochishga ham ulgurmasimdan telefonimga «SMS» keladi: «Sizni sevaman!»

9. Yigitingiz bilan yangi tanishgan kezlaringiz bir haftalik xizmat safaridan qaytib keldi. Sizdan uzoqda bo`lganida «SMS» yozishga vaqt topdimi?

A) Ha, ammo kam va ish yuzasidan. U menga qisqagina «SMS»chalar yozib turdi.

V) Nimasini aytasiz?! U meni sevgi izhori yozilgan xabarlarga ko`mib tashladi.

S) Bor-yo`g`i bir nechta «SMS» yozdi. Ularning har biri oshig`imning his-tuyg`ulari haqidagi kichik doston edi. Ularni yodlab olishga ham ulgurdim!

10. Kechki payt ko`pincha quyidagicha «SMS»lar yozadi:

A) «Bugungi kun yaxshi o`tdimi? Sizni judayam sog`indim...»

V) «Sizni zudlik bilan ko`rmasam bo`lmaydi! Qaerga desangiz o`sha erga uchib etib borishga tayyorman!»

S) «Qornim judayam ochdi! Balki biron joyda ko`rishib, ovqatlanarmiz?»

11. «SMS» orqali tez-tez hazillashib turasizlarmi?

A) Ha, lekin yuzma-yuz o`tirib gaplashganga nima etsin!

V) Biz doim quvnoq «SMS»lar bilan bir-birimizni xursand qilishga odatlanganmiz.

S) Afsuski, yo`q. U hazillashishni ko`p ham yoqtirmaydi...

12. «Tit-tit-tit...» Tongda sizni «SMS» kelganidan darak beruvchi jarang uyg`otib yubordi. Unda nima deb yozilan bo`lishi mumkin?

A) «Xayrli tong, sevgilim! Qahva ichyapman, sizsiz tomog`imdan o`tishi qiyin bo`lyapti...»

V) «Xayrli tong, mening malikam! Siz bilan birga nonushta qilishni qanchalar orzu qilaman! Kun davomida ko`rishamiz degan umiddaman!»

S) «Salom! «Bolalar» guruhining diskini topolmayapman. Mabodo uni sizga bermaganmidim?»

Test natijalarini hisoblang:

A

V

S

1

2

3

1

2

1

3

2

3

3

2

1

4

2

3

1

5

3

1

2

6

3

1

2

7

3

1

2

8

1

3

2

9

3

2

1

10

3

2

1

11

3

1

2

12

3

2

1

Testning natijalari:

12 balldan 19 ballgacha

«Tango ritmidagi ishqiy sarguzasht»

U har doim ham «SMS»ingizga javob bermaydi. Nima uchun degan savolga «Telefonimning quvvati tugab qolibdi» yoki «Ishlarim boshimdan oshib-toshib yotibdi» kabi bahonalari bor. Agar chindan xohlasa, har qachon ham qisqagina «SMS» yozishini yoki telefon uchun quvvatini to`ldira olishi mumkinligini yaxshi tushunasiz. Oshig`ingizga shunchaki ko`ngilxushlik kerak emasmikan? To`g`ri, uning hushomadlari juda yoqimli, ammo samimiy emas. Jiddiy munosabatlar tarafdori bo`lmasangiz, u holda sizga bu yigit mos keladi. Biroq umr yo`ldoshim deb qabul qilish niyatida bo`lsangiz, tanlovda adashasiz. Yaxshisi, vaqt borida qochib qoling!

20 balldan 28 ballgacha

«Istasang bu falakdan oyni olib beraman...»

Ishoning, u sizni «qulog`ining uchigacha» sevib qolgan! Shuning uchun ham tinmay ehtiroslarga boy «SMS»larni yozaveradi: «Ma`sum nigohingiz hamon ko`z oldimda!», «Sizni judayam sog`indim!» yoki «Bugun uchrashaylik!» Bunday shoshilinch baxtdan karaxt bo`lasiz, oshig`ingiz esa nikoh uzugini tanlash bilan ovora. Avvaliga bunday munosabat yoqimlidek tuyulsa-da, vaqt o`tgani sari kishini biroz toliqtiradi. Nima uchun u voqealar rivojini bunchalik tezlashtiryapti? Chunki siz juda keraksiz! «SMS»lariga javob bermaslik bilan Majnuningizdan qochib qutulolmaysiz. Maslahatimiz, o`zaro munosabatlaringizni muhokama qilib oling, axir ikkingizga ham shunchaki ishqiy sarguzasht emas, balki bir umrga qo`sha qarish baxti kerak-ku!

29 balldan 36 ballgacha

«Bir-biringiz uchun yaralgansiz!»

Siz uni, u esa sizni sevadi. Bir kun kelib romantikaga boy uchrashuvlar, diltortar «SMS»lar, quvnoq suhbatlar nihoyasiga etsa ham baribir ikkingiz ideal juftlik bo`lib qolaverasiz. Chunki har ikkalangiz ham bu narsalarning o`tkinchi ekanligini bilasiz, tushunasiz. Qoliplarni yoqtirmaysiz. Telefon qilmasa, «SMS» yozmasa, jig`ibiyron bo`lmaysiz, qalban bir-biringizni his qilayotganingizning o`zi kifoya. Ba`zida shunchaki erta tongdan kayfiyatingiz qandayligi bilan qiziqadi. Bu kichik bir e`tibor katta muhabbatdan darak emasmi?

«SMS»lashish ilmi yoxud yigit kishini bir nechta xabarlar yordamida o`ziniki qilish san`ati

  • «SMS»ning uzunligidan qarama-qarshingizdagi inson sizga qanchalik qiziqarli ekanidan darak beradi. Hamma qartalarni birdan ochishni istamasangiz, 30-50 ta harf ishlatibgina «SMS» yozishga harakat qiling.
  • Ishqiy nomalar yo`llashni xohlasangiz, yaxshisi, kulgu ramzlaridan foydalanmang. «SMS» yordamida hazillashish yoki erkak kishining yuragiga qutqu solish uchun uning his-tuyg`ularini biroz junbushga keltiring. Diqqat-e`tibori faqat sizda bo`lsin. Masalan, avvaliga «Sizni juda yaxshi ko`raman!» deb yozing, bir soatdan so`ng esa “Voy kechirasiz, adashib yozib yuboribman. Bu oyijonimga atalgan «SMS» edi».
  • Ba`zan qatorlashtirib qo`yilgan undovlar yoki uch nuqtalar «SMS»ga jiddiy tus berishi mumkin. Yoqtirgan kishingizga o`ta jiddiy ko`rinishni istamasangiz, tinish belgilarini me`yorida ishlating.
  • «SMS» andozalardan yoki bir qolipdagi siyqasi chiqqan she`rlar yoki gaplardan kamroq foydalanishni tavsiya etamiz. Bilingki, yigitingizga sizning yuragingizdan chiqqan bir jumla o`n qator she`rdan ko`ra afzalroq.


Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1