12.11.2013 10:04
Joli va Pitt 100 sahifali nikoh shartnomasini tuzdi
Unga ko`ra, juftlik ajrashgan taqdirda, umumiy mulkning katta qismi Pittga tegadi. U 320 million dollarning 176 millionini oladi. Joli va Pitt bolalar ustidan teng huquqli vasiylikka ega bo`ladi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta” nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, Anjelina nikoh shartnomasini tuzishga qarshi bo`lgan, biroq ularning olti nafar farzandi, katta mulki va butun dunyo bo`ylab joylashgan ko`chmas mulklari borligi sababli Pitt uni shartnoma tuzishga ko`ndirgan.