12.11.2013 10:06
Xonanda Ziyoda farzandli bo`ldi
Ko`p o`tmay xonanda Shaxzoda ham onalik baxtiga muyassar bo`ldi. Bugun tongda "Nihol" mukofoti sovrindori Ziyoda Qobilova ham onalar ro`yhatidan joy oldi. Ma`lumotlarga qaraganda, bugun tongi 8:30 da poytaxtdagi 6 tug`ruqxonada Ziyoda o`g`il farzandli bo`lgan. Chaqalok 3 kg. tug`ilgan bo`lib, ayni damda onaning ham, bolaning ham sog`ligi a`lo darajada. Ziyoda va uning yaqinlarini dunyoga kelgan yangi mehmon bilan tahririyatimiz nomidan qutlaymiz.