10 avgust, payshanba kuni "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif qiladi, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchi avstraliyalik Rostin Griffits bilan shartnoma imzolanadi hamda matbuot anjumani o`tkaziladi. Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati ham ishtirok etadi.
10 avgust kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida soat 11:00da boshlanadigan marosimga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etiladi.