Makedoniyaning Skope shahridagi “Filipp II” stadionida “Real” xamda “Manchester Yunayted” jamoalari o`rtasida UEFA Superkubogi uchun bellashuv bo`lib o`tdi.
Unda “qirollik klubi” 2:1 hisobida Joze Mourino boshqaruvidagi “qizil iblislar”dan ustun keldi. Uchrashuvdan so`ng, “Real” ustozi Zinedin Zidan o`yin borasidagi fikrlarini bildirib o`tdi.
“Biz katta hajmdagi ishni a`lo darajada bajardik. O`yinning birinchi yarmida biz umuman fantastik o`ynadik. Ikkinchi bo`limga kelib, to`pga kamroq muomalada bo`ldik va bir muncha qiynaldik. Biroq bu normal holatdir. Biz navbatdagi katta sovrinni qo`lga kiritdik. Mavsumni ajoyib boshladik.
Bizning sirimiz? Sirimiz bizning jamoamizda va unda ishlayotgan insonlarda. Ronalduni zahirada qoldirish qiyin bo`lmadimi? Yo`q. Umuman, bu oldindan rejalashtirilgan edi. U biz bilan 3 kun mashg`ulot o`tkazdi xolos. Biroq uning o`rni biz uchun juda ham muxim.
Ronalduda barchasi joyida va uning bor-e`tibori yakshanba kungi bahsga qaratilgan. Isko yangi shartnomaga munosib. U gol kiritdi va qanday o`ynash kerak bo`lsa, shunday o`ynadi”, – deb aytib o`tdi fransiyalik mutaxassis.