AsosiySport

MOURINO O`Z MEDALINI YoSh BOLAGA SOVG`A QILIB YuBORDI (VIDEO)

'MOURINO O`Z MEDALINI YoSh BOLAGA SOVG`A QILIB YuBORDI (VIDEO)'ning rasmi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasi UEFA Superkubogi uchun "Real"dan mag`lubiyatga uchragandan keyin olgan medalini hech bir afsuslanishsiz bir notanish bolaga hadya qilib yubordi

U bu haqda o`yindan keyingi matbuot-anjumanda so`zlab berdi, deya ma`lumot beradi Tribuna.uz nashri.

"Medallar men uchun hattoki g`alabalardan keyin ham katta ahamiyatga ega emas, mag`lubiyatdan keyin esa umuman ahamiyatsizdir. Men "MYu" futbolkasidagi bir bolani ko`rib, medalni unga sovg`a qildim. Men bu bola kimligini bilmayman, biroq u uchun bu butun umrga xotira bo`lib qoladi", deb aytdi Mourino.

Eslatib o`tamiz, UEFA Superkubogi uchun kechgan uchrashuv madridliklarning 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi.

Boshqa yangiliklar