1

Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etilganiga 17 yil to`ldi

Shou-biznes 12.11.2013, 10:30
Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etilganiga 17 yil to`ldi
1996 yili 18 oktyabr kuni Sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etilgan.Temuriylar davri me`morchiligiga zamonaviy arxitektura an`analarini uyg`unlashtirib bunyod etilgan muzey binosi Sohibqiron davridagi saroylarga monand.  Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan "Zumrad" deb nomlangan muazzam qandilning og`irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma`muriyat joylashgan. Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g`oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboev, G`.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboev tomonidan ishlangan "Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor" deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uyg`onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o`rin olgan. Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 3,5 mingdan oshadi. Jahonning ko`plab mamlakatlarida o`tkazilayotgan xalqaro ko`rgazmalarda muzey o`zining nodir eksponatlari bilan faol qatnashayotgani mamlakatimizning boy tarixi, qadimiy madaniyati va buyuk ajdodlarimiz merosini xorijda ham keng targ`ib etishga xizmat qilmoqda. O`tgan davrda muzeyda juda ko`plab ko`rgazmalar tashkil etildi. Fransiya, AQSh, Germaniya, Avstraliya kabi mamlakatlarda o`tkazilgan ana shunday ko`rgazmalar xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish o`yg`otdi. O`tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug` qadamjolaridan biriga aylandi. Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegasiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1