AsosiySport

O`zbekiston ayollar termasi “Uch millat kubogi” xalqaro o`rtoqlik turnirida ishtirok etadi

'O`zbekiston ayollar termasi “Uch millat kubogi” xalqaro o`rtoqlik turnirida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston ayollar terma jamoasi Qirg`iziston Futbol Federasiyasi taklifiga ko`ra “Uch millat kubogi” o`rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Shu yilning 15–20 avgust kunlari bo`lib o`tadigan musobaqada Qirg`iziston, O`zbekiston va Qozog`iston ayollar terma jamoalari ishtirok etadi. Jamoalar o`zaro ikki martadan bellashadi.

Quyida turnir taqvimi bilan tanishing:

“Uch millat kubogi” turniri
15–20 avgust kunlari
Qirg`iziston Respublikasi

15 avgust, seshanba
16:30 Qirg`iziston – Qozog`iston

16 avgust, chorshanba
16:30 Qozog`iston – O`zbekiston

17 avgust, payshanba
16:30 Qizg`iziston – O`zbekiston

18 avgust, juma
16:30 Qozog`iston – Qirg`iziston

19 avgust, shanba
16:30 O`zbekiston – Qozog`iston

20 avgust, yakshanba
16:30 O`zbekiston – Qirg`iziston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan

Boshqa yangiliklar