1

“LAVZ” atamasi kashfiyotmi yoki xatolik? Kinodagi nomutanosiblik haqida mulohaza

Shou-biznes 12.11.2013, 10:33
“LAVZ” atamasi kashfiyotmi yoki xatolik? Kinodagi nomutanosiblik haqida mulohaza
24 oktyabr kuni Toshkentda yangi «Lafz» filmining taqdimoti bo`lib o`tdi.

Filmda Alisher Uzoqov, Umid Iskandarov, Bunyodbek Saidov, Sevara Solieva, Mirzabek Xolmedov kabi mahoratli aktyorlar ishtirok etishgan.

Ayni damda mazkur film Alisher Navoiy nomli kinosaroy va Mega cinema kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.

Filmni tomosha qilishgan hali ulgurmadik, shu sababdan uning mazmuni haqida so`z yuritishga ojizmiz.

Bizning e`tiborimizni tortgan narsa filmning nomlanishi bo`ldi. Filmga ijodkorlar “LAVZ” deya nom berishgan. Biz esa har qancha urinmaylik bu so`zni lug`atlardan topa olmadik. Ehtimol lug`atlarga kiritilmagandir deya, adabiyotshunoslarga murojaat qildik, ammo ular ham bunday so`z yo`qligini, bu erda “LAFZ” so`zi nazarda tutilayotgan bo`lsa kerak, degan taxminlarni aytishdi.

O`rinli savol tug`iladi nahotki butun boshli filmni yaratgan ijodkorlar, ijodiy kengashdan o`tkazgan mutasaddilar uning nomiga e`tibor berishmagan bo`lishsa?!

Boshqa sohalarda bo`layotgani kabi tizimdagi nazorat organlari xususiy filmlarning ham maqsad va mohiyatini tahlil qilib, yo`l qo`yilayotgan xatoliklar uchun javobgarliklarni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga tatbiq etish vaqti etmadimikan? 

Agar tilimiz, so`zlar va iboralarning targ`ibot manbai sanalgan kino sohasidagi bunday nomutanosibliklarga panja orasidan qarashda davom etsak, kelajak avlodni o`z ona tilimizda so`z va iboralarni xato yozishiga o`rgatib qo`ymasmikinmiz... 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1