1

Britaniyalik buyuk aktyorlar reytingi tuzildi

Shou-biznes 12.11.2013, 10:33
Britaniyalik buyuk aktyorlar reytingi tuzildi
Gollivudning mashhur aktyori, Jeyms Bond rolining ijrochisi va “Oskar” mukofotining sohibi Shon Konneri britaniyalikning buyuk aktyorlar reytingida birinchi o`ringa munosib ko`rildi.

2003 yildan buyon filmlarda suratga tushmayotgan 83 yoshli shotland ser Shon Konneri hamon kino muxlislarining mehrini qozonib kelmoqda. Mashhur kishilar yoki brendlarni aniqlash maqsadida o`tkaziladigan so`rovnomaga ko`ra, AQSh aholisi Konnerini britaniyalik eng buyuk aktyor sifatida tan oldi.  
So`rov “Q Score” tizimi bo`yicha o`tkazildi. Unga ko`ra respondent savolga quyidagi bir nechta javoblardan birini tanlagan: “sevimli aktyorlarimdan biri”, “juda yaxshi”, “bo`ladi”, “yomon”, “hech qachon eshitmaganman”.
Ushbu nufuzli ro`yxatda ikkinchi o`rinni “Oskar” mukofotining yana bir sohibi Entoni Xopkins egalladi. Uchinchi o`rin jangari filmlar yulduzi Liam Nisonga nasib etdi. Shuningdek sevimli aktyorlar o`ntaligidan Devid MakKallum, Deniel Dey-Lyuis, Judi Dench, Meggi Smit, Deniel Kreyg, Xyu Lori va Jeyms Pyurfoylar o`rin oldi, deb yozadi "Vesti.Ru".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1