O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 9 avgust kuni Toshkentda joriy yilning o`tgan 7 oyi mobaynida mamlakatimizni rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, davlatimiz rahbarining joylarda xalq bilan muloqotlari chog`ida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga bag`ishlangan selektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Selektor yig`ilishida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.
Ma`lumot uchun, 30 iyun kuni Ozodbek Nazarbekov O`zMTRKning "Yoshlar" telekanaliga direktor etib tayinlangan, oradan salkam bir oy muddat o`tgach esa direktorlikdan bo`shagan va kanal prodyuseriga aylangan edi.