“Milan” rahbariyati Zlatan Ibrahimovichni o`z safiga qo`shib olishni istamoqda. Bu haqda Italiya nashrilari ma`lum qildi.
Ayni vaqtda 35 yoshli hujumchiga «Manchester Yunayted» asosiy da`vogar bo`lib turibdi. Biroz vaqt muqaddam mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourino Ibrahimovich jarohatdan tuzalgani hamono «MYu» bilan shartnoma imzolashini aytgan edi.
Biroq milanliklar ham tajribali hujumchini o`z tarkibiga qo`shib olishga umid qilmoqda.






