Londonning “Arsenal” jamoasi rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Aleksis Sanchesni tarkibda saqlab qolish uchun APLdagi eng ko`p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi, deb yozadi Sports.uz nashri.
“To`pchilar” 28 yoshli hujumchiga haftasiga 300 ming funt maosh taklif qilmoqda. Agar chililik futbolchi bu taklifga ko`nsa, APLda eng ko`p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Ayni vaqtda futbolchiga PSJ va “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda. Uning “Arsenal” bilan amaldagi kelishuv esa kelasi yilning yozida yakuniga etadi.