AsosiySog'lik

Oiladagi yomon munosabatlar yurak kasalliklari xavfini oshiradi

Britaniyalik olimlar 12 yil davomida olib borilgan tadqiqot natijalariga tayangan holda mu...

Britaniyalik olimlar 12 yil davomida olib borilgan tadqiqot natijalariga tayangan holda munosabatlarning buzilishi yurak kasalliklari xavfini 34%ga oshirishini aniqladi.

Xususan, oilasi va yaqinlari tomonidan etarlicha emosional ko`mak olmaydigan odamlar yurak kasalliklariga 34% ko`proq chalinishi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, ular koronar yurak kasalligiga moyil bo`lib, bu holda ushbu xastalik rivojlanishi 23%ga oshishi aniqlandi.
Olimlar yaqin kishilar bilan munosabatlar va yurak holati orasida o`zaro aloqa mavjudligini birinchi bor isbotlayotgani yo`q. Bundan oldin o`tkazilgan tadqiqotlar ham baxtli nikoh inson hayotini uzaytirishidan hamda turmush qurgan ayollar yolg`iz ayollarga qaraganda infarktga 3 baravar kamroq chalinishidan dalolat bermoqda. Ajrashgan ayollarda esa infarkt xavfi 30-40%ga oshar ekan.

    Boshqa yangiliklar