1

Qishda shamollashga yo`l qo`ymaydigan mahsulotlar

Salomatlik 12.11.2013, 10:50
Qishda shamollashga yo`l qo`ymaydigan mahsulotlar
Qish arafasida tibbiyot mutaxassislari energiyani tejovchi va bakterisid ta`sirga ega mahsulotlarni ko`proq tanovul qilishni tavsiya etadi. 

Amerikalik shifokorlar hatto maxsus sxemani ham yaratgan bo`lib, unda kasal bo`lganda va profilaktika maqsadlarida, shuningdek organizmni sovuq mavsumda mustahkamlash uchun iste`mol qilinishi kerak bo`lgan mahsulotlar ko`rsatilgan.  
Sarimsoqpiyoz. Uning infeksiyani yaqinlashtirmaslik xususiyati qadimdan ma`lum, misrliklar uni shamollash kasalliklarida tavsiya etishgan. Hozirgi shifokorlar ham shamollash kasalliklaridan oldin, keyin va xastalik davomida kuniga sarimsoqpiyozning bir pallasini iste`mol qilishni maslahat beradi. 

Qizil bulg`or qalampiri – ushbu sabzavotda S vitamini limondagidan ham ko`proq bo`lib, u immunitetni oshiradi.Brokkoli karami – A, V, S vitaminlarining manbai, immun tizimini mustahkamlaydi.Na`matak – S vitaminiga juda boy, yallig`lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega.Asal – organizmning kasalliklarga qarshilik ko`rsatish xususiyatini kuchaytiradi va tinchlantiradi.Sabzi – kasalliklarga qarshilikni kuchaytiradi, A vitaminiga boy, yo`talda foydali (qand bilan).Yogurt yoki qatiq – immunitetni oshiradi, organizmdagi mikroflorani mustahkamlaydi.Toza suv – organizmni toksinlardan tozalash hisobiga kasalliklarga qarshilikni kuchaytiradi va metabolizmni rag`batlantiradi.Dengiz balig`i va dengiz mahsulotlari – tarkibida tanadagi issiqlikni saqlashga yordam beruvchi va shamollash alomatlariga qarshi kurashuvchi rux moddasi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1