“Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub himoyachisi David Alaba va yarim himoyachi Aren Robben jarohatdan forig` bo`lganini ma`lum qildi.
Robben va Alaba “Kemniser” jamoasiga qarshi Germaniya Kubogi birinchi bosqich uchrashuvida maydonga tusha oladigan bo`ldi.
“Robben va Alaba jarohatidan forig` bo`ldi va o`yinga tayyor. Albatta, dastlabki o`yinda ular asosiy tarkibda maydonga tushmaydi, ammo ikkinchi bo`limda o`ynay oladi”, – dedi italiyalik mutaxassis.
Ma`lumot uchun, “Bavariya” va “Kemniser” o`rtasidagi bellashuv bugun, 12 avgust kuni bo`lib o`tadi.