Rossiyaning “Zenit” klubi futbolchisi Xavi Garsiya faoliyatini Ispaniyaning “Betis” jamoasiga o`tdi. Piter klubi rasmiy sayti bu haqda xabar bermoqda.
Ilgariroq, andalusiyaliklar uning uchun 1,5 mln evro to`lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma`lumot uchun, ispaniyalik yarim himoyachi 2014 yilda “Zenit” safiga kelib qo`shilgan edi va jamoa safida 108 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.