Londonning “Arsenal” jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches o`z faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashrining ma`lum qilishicha, Chili terma jamoasi etakchisiga “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda. “Shaharliklar” mazkur transfer amalga oshishi uchun 60 mln funt sarflashga tayyor.
Avvalroq Aleksis Sanchesga “Chelsi”, “MYu” va “Yuventus” kabi klublar qiziqqandi. Chililik futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakuniga etadi.