12.11.2013 12:24
“Panasonic” ulkan, og`ir va qimmat planshetnikni ishlab chiqdi
Aytish joizki, “Toughpad” qurilmasi shu yil boshida, yanvar oyida bo`lib o`tgan "CES 2013” ko`rgazmasida taqdim etilgandi.
Yaqinda “Panasonic” kompaniyasi qurilmaning Amerikada chiqariladigan versiyasi o`ta yuqori echimdagi suyuq kristalli ekran, 8 gigabaytli operativ xotira, sig`imi 256 GB bo`lgan SSD-to`plovchisi va frontal HD-kamera bilan jihozlanadi.
Qurilma “Intel Core i5” prosessorida va "Windows 8.1” operasion tizimi asosida ishlaydi. Planshetnikni videomontaj, qurilish, dizayn, fotosuratlar va medisina sohalarida qo`llash mumkin.
Qurilma avtonom rejimda bor-yo`g`i ikki soatga yaqin ishlashi mumkin. Buning ustiga uni portativ deb ham bo`lmaydi: og`irligi 2,5 kg ni tashkil etadi. Shu bois kompaniya qurilmaga qo`shimcha ravishda keys hamda planshetni kompyuter-monoblokka aylantiradigan maxsus taglik sotib olishni taklif etadi.