AsosiySport
3334

8 karra Olimpiya chempioni “MYu” safida “Barselona”ga qarshi o`ynaydi

'8 karra Olimpiya chempioni “MYu” safida “Barselona”ga qarshi o`ynaydi'ning rasmi

Engil atletika bo`yicha 8 karra Olimpiya chempioni, sportchilik faoliyatini yakunlashini e`lon qilgan yamaykalik sprinter Useyn Bolt xayriya futbol uchrashuvida ishtirok etadi.

Bolt uchrashuvda “Manchester Yunayted” safida jamoaning Pol Skoulz, Gari Nevill, Edvin Van der Sar kabi sobiq o`yinchilari bilan birgalikda “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 2 sentyabrda bo`lib o`tadi.

30 yoshli Bolt anchadan beri faoliyatini yakunlagach, o`z kuchini futbolda sinab ko`rish istagi borligini aytib keladi. U hattoki bir necha futbol klublarida, jumladan “Manchester Yunayted” va Dortmundning “Borussiya”si mashg`ulotlarida ishtirok etgan. Sportchining o`zi “MYu”ga muxlislik qilishini aytadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar