AsosiySport

RASMAN: “EVERTON” GILFI SIGURDSONNI SOTIB OLDI (FOTO)

'RASMAN: “EVERTON” GILFI SIGURDSONNI SOTIB OLDI (FOTO)'ning rasmi

Angliyaning “Everton” jamoasi “Suonsi” yarim himoyachisi Gilfi Sigurdssonni o`z safiga qo`shib olganini e`lon qildi. “Irislar” rasmiy saytining xabar berishicha islandiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Transferning moliyaviy jihati oshkor etilmadi. Biroq OAVdagi xabarga ko`ra, transfer summasi 45 mln funtni tashkil etadi.

Ma`lumot uchun, Sigurdsson 2014 yil “Tottenxem”dan “Suonsi”ga o`tgan edi. Bu vaqtda davomida 27 yoshli futbolchi “oqqushlar” safida jami 131 bahsda maydonga tushib, 37 ta gol kiritgan va 30 ta golli uzatani amalga oshirgan.

Boshqa yangiliklar