AsosiyDunyo

2014 yilda Ruminiya va Bolgariya Shengenga qabul qilinmaydi

2014 yilda Ruminiya va Bolgariya Shengen hududiga qabul qilinmaydi. Bu haqda Evrokomissiya raisi Joze Manuel Barrozu ma`lum qiladi.

Barrozuning so`zlariga ko`ra, ushbu mamlakatlarning Shengen bitimiga qo`shilishi uchun “EIda juda katta qarshilik mavjud”. U oktyabr oyida Germaniya, Fransiya va Niderlandiya hukumatlari bunga qarshi chiqqanini eslatadi.
Shu o`rinda, Ruminiyaga bu masalada bir necha bor rad javobi berilganini qayd etish joiz. Bunga ushbu mamlakatda korrupsiyaga, uyushgan jinoyatchilikka qarshi etarlicha samarali kurashilmayotgani, chegaralarning xavfsizligi ta`minlanmayotgani va lo`lilarning jamiyatga integrasiyasi bo`yicha majburiyatlar bajarilmagani sabab qilib ko`rsatilmoqda. Buxarestda esa, aksincha, mamlakat barcha shartlarni bajargan deb hisoblashyapti. 
Bir qator rumin ekspertlarining fikricha rad javobi berilishiga asosiy sabab shundaki, kelasi yil boshidan EIga yangi a`zo bo`lgan mamlakatlardan ushbu hududga keladigan mehnat muhojirlariga qo`yilgan rasmiy cheklov olib tashlanadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar