AsosiyDunyo

SpaceX” Turkmanistonning birinchi sun`iy yo`ldoshini fazoga olib chiqadi

“SpaceX” kompaniyasining raketasi Turkmanistonga tegishli og`irligi 4,5 tonna keladigan birinchi sun`iy yo`ldoshni Er orbitasiga olib chiqadi. 

Bu haqda AQShning Turkmanistondagi elchisi Robert Patterson ma`lum qiladi, deya xabar beradi «Sinxua» axborot agentligi.
Qayd etib o`tamiz, 2011 yili Turkmaniston va Fransiyaning “Thales” kompaniyasi sun`iy yo`ldoshni loyihalashtirish, qurish va fazoga olib chiqishni ko`zda tutuvchi 15 yillik shartnomani imzolagan edi. Turkmaniston 2014 yilda mamlakatning o`z yo`ldoshi televidenie, aloqa va internet tizimlari rivojini tezlashtirishiga umid qilmoqda. Ayni paytda Turkmanistonga Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga qarashli “Yamal” sun`iy yo`ldoshi xizmat ko`rsatyapti.

    Boshqa yangiliklar