AsosiySport
3194

LUIS SUARESNING JAROHATI JIDDIY BO`LIB ChIQDI

'LUIS SUARESNING JAROHATI JIDDIY BO`LIB ChIQDI'ning rasmi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suaresning jarohati jiddiy bo`lib chiqdi. Bu xabarni kataloniyaliklar rasmiy sayti ham tasdiqladi.

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, Suares o`ng oyoq tizzasidan jiddiy jarohat olgan va endilikda uning tiklanishi uchun to`rt hafta muddat talab qilinadi. Natijada urugvaylik futbolchi Ispaniya chempionatining «Betis», «Alaves», «Espanol» va shuningdek, katta ehtimol bilan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvlarini o`tkazib yuboradi.

Shuningdek, jamoa shifokorlari himoyachi Jerar Pikening jarohati bo`yicha ham xulosa berishgan. Pikening chov qismidan olgan jarohati unchalik jiddiy emas va u «Betis»ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytishi mumkin bo`ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar