AsosiyDunyo

Dovuldan so`ng Filippinda talonchilik avj olmoqda (FOTO)

Filippin hukumati “Xayyan” dovuli ostida qolgan Leyte provinsiyasida talonchilik va o`g`irlik avjiga chiqqani bois tabiiy ofat qurbonlarini dafn etish jarayonini to`xtatishga majbur bo`ldi.

Takloban shahri meri Alfred Romualdezning so`zlariga ko`ra, jabrlangan hududga tartib o`rnatish uchun yuborilganlar talonchilar guruhlari bilan qurolli to`qnashuvlarga kirishishga majbur bo`layotir. Talonchilar oziq-ovqat va dori-darmon izlab, bo`sh yotgan uylar, do`konlar va omborxonalarni o`marmoqda.
Oziq-oqvat omborini o`marish paytida qulagan devorlar ostida sakkiz kishi halok bo`lgan. Mahalliy OAV tarqatgan xabarga ko`ra, omborni talon qilishda bir necha ming kishi qatnashgan. Polisiya va askarlar g`azablangan olomon oldida ojizlik qilgan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan dam olish kunlari Filippinga yopirilgan “Xayyan” dovuli qurbonlarining soni 2275 kishiga etgan, uch mingdan ziyod kishi jarohatlangan, yana 84 nafar kishi bedarak yo`qolganlar ro`yxatida. 

    Boshqa yangiliklar