14.11.2013 17:24
Shahzoda Charlz Buyuk Britaniya tarixidagi eng keksa shahzodaga aylandi
Uels shahzodasi har safar Britaniyadan tashqariga chiqqanida o`zi bilan har ehtimolga qarshi motam libosini olib yuradi, degan afsona ham mavjud. Shu o`rinda u safarlarga tez-tez chiqishini qayd etish lozim: oxirgi o`n yil ichida u 99 ta rasmiy safarni amalga oshirgan. Britaniya OAVning qayd etishicha, qirol oilasidan hech kim abadiy shahzoda Charlznikiday rasmiy yuklamaga ega emas. Masalan, o`tgan yil davomida u 657 ta rasmiy tantanada qatnashgan va 7500 ta delegasiyani qabul qilgan.
Shahzoda hatto o`zining 65 yoshini ham uyi va oilasidan uzoqda – Shri-Lankada nishonlashga majbur. Bu erda Britaniya hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar hukumatlari rahbarlarining sammiti bo`lib o`tmoqda. Oldin bunday tadbirlarga Elizaveta II ning o`zi borardi, endi esa deyarli har safar o`g`lini jo`natmoqda. Bu yil keksa qirolicha Bukingem saroyi xizmatchilari uchun an`anaviy rojdestvo tabriklari marosimidan ham voz kechishga qaror qilgan. Ikki soat tik oyoqda turish, qo`l berib ko`rishish ham endi shahzodaning vazifalari sirasiga kirsa kerak.
Shu bilan birga shahzoda o`zining ajoyib odatlari bilan ham ajralib turadi. Xususan, Charlz 44 yildan beri o`zining eski “Aston Martin” avtomobilida yuradi. Uning garderobida 45 yil oldin sotib olingan botinkalar va shahzoda o`ttiz yildan buyon kiyadigan bir nechta pidjak bor. Biroq bu vaqti-vaqti bilan Charlzga eng bejirim kiyinadigan mashhur kishilarning jahon reytingiga tushishiga xalaqit bermayapti.
Ammo bu hali shahzodaning hamma “injiqlik”lari emas. Yaqinda “Time” jurnali Uels shahzodasi o`z rasmiy vazifalarini ishtiyoqsiz bajarishi va qirol bo`lishni xohlamasligini yozib chiqqan edi.





