Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Ispaniya chempionati 1-turida “Betis”ga qarshi bahsda maxsus libosda o`ynaydigan bo`ldi.
Unga ko`ra, libosning orqa qismida odatdagidek, futbolchilarning familiyasi emas, balki “Barselona” yozuvi bo`ladi. Shuningdek, libosning old qismida “TotsSomBarcelona” (“Biz – barchamiz Barselona”) nomli xeshteg yozuvi qayd etilgan bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, kecha oqshom Barselonada sodir bo`lgan terakt oqibatida 13 inson xalok bo`ldi va 100 ga yaqin inson jabrlandi.
Ispaniyada shu munosabati bilan 3 kunlik motam e`lon qilindi. La liga o`yinlari esa 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadigan bo`ldi.