Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o`rtasidagi “Uch millat kubogi” xalqaro o`rtoqlik turniri o`z yakuniga etdi. Barcha o`yinlarda g`alaba qozongan O`zbekiston ayollar termasi musobaqa g`olibiga aylandi.
Kecha, 20 avgust kuni so`nggi tur o`yini bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston ayollar termasi Qirg`izistonni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Terma jamoalar turnir davomida ikki martadan o`zaro kuch sinashdi. O`zbekiston ayollar termasi Qozog`istonga qarshi o`yinlarda 7:0 va 6:0 hisobida zafar quchgan bo`lsa, Qirg`iziston 3:1 va 1:0 hisobida taslim etildi.
“Uch millat kubogi”
Bishkek, Qirg`iziston
20 avgust, yakshanba
O`zbekiston – Qirg`iziston 1:0
Gol: Shahnoza Qurbonova (76)
Ogohlantirish: Yulduz Nabieva (80) – Ayjan Boronbekova (59), Kenje Irisbek qizi (62)
| № | Jamoa | O` | G` | D | M | O | TN |
| 1 | O`zbekiston | 4 | 4 | 0 | 0 | 12 | +16 |
| 2 | Qirg`iziston | 4 | 1 | 1 | 2 | 4 | +1 |
| 3 | Qozog`iston | 4 | 0 | 1 | 3 | 1 | -16 |






