Kecha tunda Angliya Premer-ligasining 2-tur so`nggi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” o`z maydonida “Everton” klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida Ueyn Runi hisobni ochgan bo`lsa, 82-daqiqada Raxim Sterling muvozanatni saqladi. Orada har ikki jamoaning bir nafardan futbolchisi maydondan chetlatildi.
«Manchester Siti» - «Everton» - 1:1 (0:1)
Gollar: Sterling 82 – Runi 35.
«Manchester Siti»: Ederson, Kompani, Stounz (Danilo 65), Otamendi, Uoker, Fernandino, De Bryuyne, Silva, Sane (Bernardu Silva 69), Aguero, Gabriel Jezus (Sterling 46).
«Everton»: Pikford, Kin, Yagelka, Uilyams (Klassen 61), Xolgeyt, Guye, Shneyderlin, Deyvis (Sigurdsson 61), Kalvert-Levin, Beyns, Runi (Beshich 90).
Ogohlantirishlar: Shneyderlin 7, Uoker 42, Kompani 78 - Deyvis 24, Runi 84.
Chetlatishlar: Uoker 44 – Shneyderlin 88.