“Everton” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi “Manchester Siti”ga qarshi (1:1) APL 2-turida gol kiritib, jamoasining ochko ishlashiga katta hissa qo`shdi.
Angliyalik futbolchi faoliyati davomida Angliya Premer-ligasida urgan gollari sonini 200 taga etkazib oldi. U aksariyat gollarini “MYu” safida kiritgan.
Qayd etish kerakki, Ueyn Runi APL tarixidagi eng yaxshi to`purarlar ro`yxatida “Blekbern” va “Nyukasl” sobiq hujumchisi Alan Shirerdan (260 ta gol) keyin ikkinchi o`rinda bormoqda.