Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 28 avgust – 3 sentyabr kuni Polshada bo`lib o`tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Syrenka Cup nomli xalqaro turnirda O`zbekiston o`smirlar termasi bilan birgalikda mezbon Polsha, shuningdek, Vengriya, Belgiya, Norvegiya, Portugaliya, Ruminiya va Ukraina U-16 terma jamoalari ishtirok etadi.
Dilshod Nuraliev shogirdlari “A” guruhidan o`rin oldi va ilk turda Belgiya o`smirlariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur juftlik g`olibi Polsha – Vengriya g`olibi bilan kuch sinashadi. O`z navatida mag`lub jamoalar o`zaro bellashadi.
“B” guruhda Norvegiya – Portugaliya va Ruminiya – Ukraina juftligi g`oliblari va engilgan jamoalar o`zaro bahslashadi. Dilshod Nuraliev mazkur turnirga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Quyida futbolchilar bilan tanishish mumkin:
Darvozabonlar: Mo`minmirzo Qodirov, Shukron Yo`ldoshev;
Himoyachilar: Miraziz Saidov, Xurshid Ubaydullaev, Doniyor Sobirov, Jasur Abdulbekov, Rustamxon Azimov, Xojimat Erkinov, Shoxjahon Sultonmurodov, Javohir Jo`raev, Xushnudbek Bozorov;
Yarim himoyachilar: Mironshox Sattarov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Alisher Odilov, Diyor Ramazonov, Bekzod Shamsiev;
Hujumchilar: Igor Chikrizov, Ibrohimhalil Yo`ldoshev.
Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo`lib o`tadi.