O`zbekiston qizlar terma jamoasi shu yilning 27–29 avgust kunlari Tojikistonning G`issor shahrida bo`lib o`tadigan CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.
Mazkur turnirda O`zbekiston U-15 qizlar terma jamoasi bilan birgalikda mezbon Tojikiston Eron va Qirg`iziston qizlar termasi qatnashadi. Bosh murabbiy Karima Yo`ldosheva bo`lajak musobaqaga 17 futbolchini jalb qildi.
Darvozabonlar: Aziza Davlatova, Oysara Suyunova;
Himoyachilar: Ilvina Kamalieva, Marina Kosnikova, Sevara Nurullaeva, Sitora Pirnazarova, O`g`iloy Saydullaeva, Amina Shodieva, Marjona To`raeva;
Yarim himoyachilar: Jasmina Abdug`anieva, Albina Boboqulova, Diyora Erkinova, Diyora Jo`raboeva, Shahrizoda Zaynitdinova.
Hujumchilar: Tojiniso Rashidova, Rushana Toshpulatova, Shahnozabonu Yusupova.
Quyida musobaqa taqvimi bilan quyida tanishish mumkin. Barcha uchrashuvlar G`issor shahridagi “Markaziy” stadionda bo`lib o`tadi.
27 avgust, yakshanba
19:00 Eron – Qirg`iziston
22:00 Tojikiston – O`zbekiston
28 avgust, dushanba
19:00 Qirg`iziston – O`zbekiston
22:00 Eron – Tojikiston
29 avgust, seshanba
19:00 O`zbekiston – Eron
22:00 Tojikiston – Qirg`iziston
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan.