20.11.2013 18:48
«Elektron hukumat to`g`risida»gi Qonun loyihasini tayyorlashda barchani faollikka chorlashdi
Axborot-kommunikasiya texnologiyalarining bir guruh mutaxassislaridan tashkil topgan Ishchi guruh a`zolari bir qator mamlakatlarning elektron hukumatni joriy qilish bo`yicha qonunchiligini, jumladan Janubiy Koreyaning «Elektron hukumat to`g`risida»gi Qonuni, shuningdek, Rossiya federasiyasi, Belorussiya, Bolgariya, AQSh kabi mamlakatlarning bu yo`nalishdagi me`yoriy-huquqiy hujjatlarini yaqindan o`rganib chiqishdi. Mazkur Qonun loyihasini ishlab chiqishdan ko`zlangan asosiy maqsad davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini yanada ta`minlash, fuqarolar bilan o`zaro munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi elektron hukumat tizimini joriy qilinishini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishdan iborat. Uforumning forumlar maydonchasida tashkil etilgan maxsus bo`limda Qonun loyihasi bilan tanishib chiqish, unga nisbatan fuqarolar fikr-mulohazasini o`rganish imkoni mavjud. Fikr-mulohaza, takliflar, shuningdek [url=mailto:f.ibragimov@ccitt.uz]f.ibragimov@ccitt.uz elektron manziliga ham yuborilishi mumkin. Qo`mita barcha qiziquvchilarni mazkur Qonun loyihasini tayyorlash va muhokama jarayonida faollikka chorlaydi.