Madridning “Real” jamoasi La Liga 3-turida “Valensiya” futbolchilarini o`z maydonida qabul qilib, 2:2 hisobida durang o`ynadi.
Mazkur o`yinda kiritilgan gollar “Real”ning yangi rekordnini qayd etishga xizmat qildi. Gap shundaki, “Qirollik klubi” ketma-ket 70-uchrashuvda gol urishga erishdi.
“Real” Evropa top-5 chempionatlari klubari orasida ushbu natijani qayd etgan birinchi jamoaga aylandi.