1

FOTIHA QILAYoTGANDA NEGA PIChOQ OLIB QO`YILADI?​

Hidoyat sari 28.08.2017, 15:14
FOTIHA QILAYoTGANDA NEGA PIChOQ OLIB QO`YILADI?​

— Fotiha o`qilayotganda dasturxondan pichoqni olib qo`yishadi yoki achchiq narsani qo`ldan qo`lga berishmaydi. Shu narsalarga dinimiz biror izoh bormi?

— Buning shariatda hech qanday dalili yo`q. Bilishimcha, bular bid`at-xurofotdan o`zga narsa emas. Unutmaylik, duo qilayotganda dasturxonda pichoq tursa, yaxshi tilaklarni kesib ketmaydi. Balki og`izdan chiqayotgan achchiq so`zlar: g`iybat, bo`hton va tuhmatlar duoni kesib ketishi mumkin, lekin pichoq kesolmaydi. Shuningdek, achchiq narsalarni qo`ldan qo`lga bersa, hayoti zaharga aylanmaydi, oraga tariqcha sovuqchilik ham tushmaydi. Insonlar o`rtasidagi munosabatlarning darz ketishiga garmdori yoki murch emas, ko`p hollarda o`zimiz sabab bo`lamiz.

Savol-javob muxlis.uz saytidan olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1