AsosiySport

XITOY – O`ZBEKISTON UChRAShUVI “SPORT” TELEKANALIDA JONLI EFIRDA NAMOYISh ETILADIGAN BO`LDI

'XITOY – O`ZBEKISTON UChRAShUVI “SPORT” TELEKANALIDA JONLI EFIRDA NAMOYISh ETILADIGAN BO`LDI'ning rasmi

Biroz avval “O`zbekiston 24” kanalidagi xabarga asoslanib, JCh–2018 saralash bosqichidan o`rin olgan futbol bo`yicha Xitoy va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv jonli efirda namoyish etilishi so`roq ostida turgani haqida xabar bergan edik.

“Hozirgina olingan xabarlarga ko`ra, “Sport” teleradiokanali o`z dasturlariga o`zgartirish kiritdi va mazkur uchrashuv soat 16:45 dan boshlab efirga uzatiladi”, – deyiladi “O`zbekiston 24” xabarida.

Eslatib o`tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi 12 ochko jamg`argan holda “A” guruhida uchinchi o`rinni egallab turibdi. Navbatdagi ikki o`yindagi g`alaba jamoamizni to`g`ridan-to`g`ri mundialga olib chiqadi.

Boshqa yangiliklar