AsosiyJamiyat

9-tramvay mojarolari: Haddidan oshgan haydovchilarning nag`malari qachongacha davom etadi?

Kecha "Toshkent" vokzali metro stansiyasi bekati va massiv Chilonzor-26 yo`nalishi bo`ylab harakatlanadigan tramvay haydovchisining hatti-harakatlari mazkur masalani olib chiqishga majbur qildi. Zero ushbu muammo bilan har bir jamoat transportidan foydalanuvchi kundalik ravishda to`qnashadi. Haydovchilar tomonidan goh tezlik haddan oshirib “poyga” bo`lishi, goh ularning “hali vaqti ko`pligi” sababli juda sekin harakatlanishi allaqachon hamma uchun odatiy holga aylanib ulgurgan.   Biz tilga olmoqchi bo`lgan muammo esa haydovchilarning aslida juda ham xaddidan oshganliklarining yana bir dalili bo`ldi. 2009-sonli 9 tramvay yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan tramvayning dastavval haddan ortiq “sekin” yurishi yo`lovchilarni g`azabini keltirgan bo`lsa, keyinroq ushbu muammo uning yonida turgan mast holdagi sherigi bilan galma-gal sigareta chekishiga ulanib ketdi. Bundan tashqari haydovchi ishlab turgan old eshigini yo`lovchilarga ishlamaydi bahonasi bilan ochmay orqa eshiklardan tushishlarini talab qildi, biroq o`zi relslarini o`zgartirishi kerak bo`lganda oldi eshikdan hech qiyinchiliklarsiz tushib chiqqanini guvohi bo`ldik.   Kasbim jurnalist bo`lgani sababli bu holatga tomoshabin bo`lib tura olmadim va haydovchiga murojaat qildim:   -  Nima sababdan tramvayni bu qadar sekin haydayapsiz, ahir bu o`z nomi bilan tezyurar tramvay emasmi? -  Meni vaqtim juda ko`p, shoshilayotgan bo`lsangiz taksiga chiqing. -  Jamoat transportida nima sababdan sigareta chekyapsiz, bu ta`qiqlanganku? -  Bu meni shaxsiy kabinam va men hohlagan ishimniqilishga xaqqim bor! (jahl bilan). -  Meni esa kasbim jurnalist, shunga sizdan so`rashga o`zimni xaqli deb bildim, tegishli joylarga shikoyat qilishlaridan qo`rqmaysizmi? -  Kimliging bilan meni nima ishim bor (sigareta chekishda davom etdi).   O`z bekatimga etib kelganimda menga aynan old eshikni ochib berishini talabqildim va uning qilmishlari ustidan tegishli joyga shikoyat qilishimni aytdim.   Ushbu holat yuzasidani tramvayda berilgan ishonch telefoniga 233 54 86 murojaat qildim. Ular shikoyatimni yozib olishganligi va unga 10 kun ichida javob qaytarilishini ma`lum qilishdi. Bu bilan ham qoniqmay mazkur tramvay qarashli “Toshshahartransxizmat” uyushmasi “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasining “2-tramvay deposi” DUK direktori o`rinbosari Abdug`ani Qahhorov bilan bog`landim.   Unga voqeani boricha so`zlab berganimdan so`ng, u aslida tramvayda haydovchining chekishga umuman xaqqi yo`qligi, yangi tramvaylarning oraliq masofasi o`rtacha 9 daqiqaligi va tramvaylarining barchasi soz holatda ekanligini ta`kidladi va haydovchiga albatta tegishli chora ko`rilishini ma`lum qildi.      Biz esa o`z navbatida ushbu vaziyatning qay tarzda echim topganini keyinroq xukmingizga havola etamiz. Voqealar rivojini biz bilan kuzating!



Laylo Rustamova








   


    Boshqa yangiliklar