Polsha mamlakatida 2000–2001 yillarda tavallud topgan futbolchilar o`rtasida bugun, 29 avgust kuni Syrenka Cup–2017 xalqaro turniri start oldi.
Musobaqaning ilk turida Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi Belgiyaga qarshi bahs olib borib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. O`zbekiston o`smirlar termasi jamoasi safidagi yagona golga zaxiradan maydonga tushgan Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi.
Navbatdagi turda Dilshod Nuraliev shogirdlari Polsha – Vengriya uchrashuvida mag`lub bo`lgan jamoa bilan o`zaro bahs olib boradi.
Syrenka Cup–2017
Pogojelisa, Polsha
29 avgust, seshanba
Belgiya – O`zbekiston 4:1
O`zbekiston: Mo`minmirzo Qodirov, Xurshidbek Ubaydullaev, Mironshox Sattorov, Jasurbek Abdulbekov, Rustam Azimov, Xojimat Erkinov, Alishev Odilov, Diyor Ramazonov, Shoxjahon Sultonmurodov, Ibrohimhalil Yo`ldoshev, Xushudbek Bozorov.
Zaxira: Shukron Yo`ldoshev, Doniyor Sobirov, Igor Chikrizov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Bekzod Shamsiev, Javohir Jo`raev.