Karima Yo`ldosheva bosh murabbiyligidagi O`zbekiston qizlar terma jamoasi Tojikiston mezbonlik qilgan CAFA U-15 Girls turniri g`olibiga aylandi.
O`zbekistonlik qizlar musobaqaning so`nggi turida Eronga qarshi bahs yuritib, 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Qirg`iziston va Tojikiston o`rtasidagi o`yin natijasidan qat`i nazar O`zbekiston U-15 termasi yuz foizlik natijani qayd etib, musobaqa g`olibligini qo`lga kiritdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston qizlar terma jamoasi dastlabki turda Tojikistonni (8:2), ikkinchi turda esa Qirg`izistonni (3:0) mag`lubiyatga uchratgan edi.
CAFA U-15 Girls Tournament
G`issor, Tojikiston
29 avgust, seshanba
O`zbekiston – Eron 2:0
Gollar: Tojiniso Rashidova, Diyora Jo`raboeva
Qayd etish joiz, musobaqa davomida raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritgan O`zbekiston U-15 terma jamoasi sardori Tojiniso Rashidova turnir to`purariga aylandi.