22.11.2013 09:41
AQSh va Afg`oniston 2014 yildan keyin hamkorlik qilishga kelishdi
Ushbu kelishuv 2014 yiloxirida NATOning jangovor missiyasi yakunlanganidan keyin Amerikaning mazkur mamlakatda bo`lish shartlarini belgilaydi. Bu haqda davlat kotibi Jon Kerri ma`lum qildi.
"Biz Loyyajirgi (Afg`onistonda qabilalar oqsoqollarining an`anaviy kengashi) ko`rib chiqishi uchun taqdim etiladigan shartnoma bo`yicha kelishuvga erishdik”, - deydi Amerika diplomatiyasining rahbari. Qabilalarning 2,5 mingta etakchisi, teologlar, yuristlar va fuqaro faollari qatnashadigan loyya-jirgining majlisi besh kun davom etadi. Kerri, Afg`oniston prezidenti Hamid Karzay bilan muzokaralar chog`ida Oq uy tomonidan Qobulga AQShning Afg`onistondagi harakatlari uchun uzr keltirilishi haqidagi masala biror martayam ko`tarilmaganini alohida ta`kidladi.
Xavfsizlik bo`yichakelishuvda 2014 yili NATO qo`shinlari chiqarilganidan keyin Afg`onistonda qoladigan amerikalik harbiylar mahalliy sudda sudlanmasligi, jinoyat sodir etilgan taqdirda, ular Amerika qonunlari bo`yicha sudlanishi belgilangan. Hujjatning aynan shu bandi bir yil davom etgan kelishuv muhokamasi chog`ida katta bahs-munozaraga sababchi bo`lgan edi.





