1

“LG”ning aqlli televizorlarini ayg`oqchilikda ayblashdi

Hi-tech 22.11.2013, 10:21
“LG”ning aqlli televizorlarini ayg`oqchilikda ayblashdi
“LG” kompaniyasining “aqlli” televizorlari o`z egasining xabarisiz u haqdagi shaxsiy ma`lumotlarni to`plab, ishlab chiqaruvchiga jo`natishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda britaniyalik bloger DoctorBeet xabar beradi.

“LG” televizoriga ega bloger qurilmadan ketayotgan trafikni o`rganib chiqadi va televizor o`zi ko`radigan telekanallar va qurilmaga ulanadigan “fleshka”dagi fayllar haqidagi ma`lumotlarni muayyan manzillarga jo`natayotganini bilib qoladi. Ma`lumotlar shifrlanmagan tarzda uzatilgan. Telekanallar haqidagi xabarlar TV identifikatori bilan birgalikda har safar boshqa kanalga o`tilgan paytda jo`natilgan. “Fleshka”dagi fayllarning nomlari biror bir mantiqsiz jo`natilgan: “ba`zida
papkadagi barcha fayllarning nomlari yuborilgan, ba`zida esa hech nima jo`natilmagan”, - deya qayd etadi DoctorBeet. Televizor sozlanmalari menyusida “Ko`rilganlar to`g`risida ma`lumotlarni to`plash” (Collection of watching info) bandi bor. Ushbu funksiya avtomat tarzda yoqilgan, biroq u o`chirilgan taqdirda ham ma`lumotlarni jo`natish baribir davom etadi, deydi bloger.  

“LG” kompaniyasining o`zi reklama beruvchilar uchun mo`ljallangan rolikda televizorlarda “Smart Ad” funksiyasi borligi haqida hikoya qiladi. U foydalanuvchi tomonidan ko`riladigan
saytlar, uning sevimli teleko`rsatuvlari va internetdagi qidiruv so`rovlari haqida ma`lumotlarni to`playdi. Ushbu ma`lumotlar reklama tanlash uchun foydalaniladi.
DoctorBeet ushbu “kuzatuv ishlari” haqida kompaniyaning Britaniyadagi ko`mak xizmatiga ma`lum qilgan. U erda blogerga uning so`rovini bosh ofisga jo`natishganini ma`lum qilishadi. Shuningdek, blogerga televizorni sotgan kompaniyaga murojaat qilishni ham maslahat berishgan. Ularning so`zlariga ko`ra, foydalanuvchi televizorni xarid qilayotgan paytda “shartnoma qoidalari va shartlarini qabul qilgan”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1