AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 10 oyda 31 ming tonna baliq ovlandi

Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida respublikamizda baliqchilik tarmog`ini rivojlantirishda intensiv texnologiyalarning tutgan o`rni, uning samaradorligi hamda amaliyotga keng tadbiq etish masallariga bag`ishlangan ilmiy-amaliy ko`rgazmali seminar bo`lib o`tdi. 

Mintaqaviy baliq pitomnigida tashkil etilgan mazkur seminarda barcha viloyatlardan kelgan tashabbuskor baliqchilik xo`jaliklarining rahbarlari, mazkur tarmoqni rivojlantirishga mas`ul etib belgilangan davlat soliq xizmati organlari hamda qishloq va suv xo`jaligi vazirligining hududiy tuzilmalari xodimlari ishtirok etdi. 

Baliqchilik tarmog`ini rivojlantirish borasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinayotgan dasturlarning o`z vaqtidagi ijrosi natijasida 2006 yilda 5,8 ming tonna baliq ovlangan bo`lsa, 2012 yilda bu ko`rsatgich 25,8 ming tonnani tashkil etib, o`sish suratlari 4,5 barobar etgan. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi bo`lim boshlig`i I.Bekmirzaev [url=http://www.soliq.uz/uz/]ma`lum qildi.

Joriy yilda 35,3 ming tonna baliq ovlash rejalashtirilgan bo`lsa, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1 noyabr holatiga 31 ming tonna baliq ovlanib, halqimiz dasturxoniga etkazib berildi. 

Xususan, etishtirilgan baliq mahsulotlarining 20,4 ming tonnasi yoki 66 foizi intensiv usuldagi sun`iy suv havzalari hisobiga to`g`ri keladi. Bu intensiv usuldan foydalanish o`tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5 ming tonnaga yoki 1,6 barobarga oshganligini ko`rsatadi. 

Seminarda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga Mintaqaviy baliq pitomnigida intensiv texnologiyalar asosida etishtirilayotgan baliqlar va ularning turlari shuningdek, sadok (qafas) usulining afzalliklari bo`yicha tushuntirishlar berildi. 

    Boshqa yangiliklar