AsosiySport

​SAMVEL BABAYaN JANUBIY KOREYa BILAN BO`LIB O`TGAN O`YINDAN SO`NG MUROJAAT BILAN ChIQDI

'​SAMVEL BABAYaN JANUBIY KOREYa BILAN BO`LIB O`TGAN O`YINDAN SO`NG MUROJAAT BILAN ChIQDI'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi murabbiyi Janubiy Koreya bilan bo`lib o`tgan o`yindan so`ng murojaat bilan chiqdi.

Murabbiy jamoaning 2018 yilgi jahon chempionati Osiyo saralash bosqichidagi omadsiz chiqishlari bo`yicha afsusda ekanini ma`lum qildi. Bu haqda Gazeta.uz UzReport TV telekanaliga asoslanib xabar berdi.

«Bugun biz uchun jahon chempionatiga chiqish uchun so`nggi imkoniyat berildi. Afsuski, undan foydalana olmadik. Yana olg`a intilish uchun bunday duranglardan ikkita, ehtimol uchtasi etishmadi. Bu ikki yil davomida qo`limdan kelganicha harakat qildim… Afsuski bu etarli bo`lmadi», — deydi 46 yoshli mutaxassis.

Samvel Babayan milliy termaga boshchilik qiladigan keyingi murabbiy u qilolmagan ishni uddalashiga umid bildirdi. «Bu davr ichida tarkibga butun boshli yosh futbolchilar guruhi kirib keldi. O`ylaymanki, O`zbekiston termasida boshqa sharoitlarda jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat bo`ladi. Qaytarman, boshqa sharoitlarda. Boshqa murabbiy bilan, ehtimol, tarkibga yana boshqa yosh futbolchilar qo`shilar», — deya hisoblaydi murabbiy.

Samvel Babayan jamoaga g`alaba uchun nima etishmagani haqida aytishga tayyor emasligini ma`lum qildi. «Muayyan fikrlar bor. Ehtimol qachondir boy berilgan o`yinlarda bizga nima etishmaganini aytarman. Biroq aytishim mumkinki, bu erda faqatgina jamoa yoki qandaydir murabbiylik g`oyasi yoxud kamchiliklar aybdor emas. Bu erda chuqurroq tahlil qilish kerak, nima uchun biz Suriya, Xitoy va Janubiy Koreya bilan eng kamida durang o`ynay olmadik? O`shanda raqiblar bizga imkon berishgan edi», — dedi u.

Samvel Babayan o`z nutqidan so`ng ayni paytda jurnalistlarning savollariga javob berishdan ma`no yo`q ekanini ta`kidladi. «Men bunga tayyor emasman. Ehtimol qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytaradigan vaqt kelar», — deya u matbuot anjumanini tark etdi.

5 sentyabr kuni Toshkentda terma jamoa Janubiy Koreya bilan durang o`ynadi (0:0). Biroq «A» guruhining Eron va Suriya o`rtasidagi boshqa uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan tugagach, Samvel Babayan shogirdlari jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan batamom mahrum bo`ldi. To`plar nisbatiga ko`ra uchinchi o`rinni egallagan Suriya «B» guruhida uchinchi o`rinni egallagan Avstraliya bilan o`ynab, kurashlarni davom ettirish imkonini qo`lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar