AsosiyJamiyat

​7 SENTYaBRDAN O`ZBEKISTONDAN ISSIQ HAVO HARORATI ChEKINA BOShLAYDI

'​7 SENTYaBRDAN O`ZBEKISTONDAN ISSIQ HAVO HARORATI ChEKINA BOShLAYDI'ning rasmi

Ertaga respublikamizda havo harorati mo``tadillashadi. Yurtimizga salqin havo Ural hududlaridan kirib keladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 30-32 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 19-24 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar