Madridning “Real” klubi va Portugaliya termasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu o`zining avtomobillar to`plamini yana bir avtomobil bilan to`ldirdi. Bu safar forvard Ferrari F12 Tour de France xarid qildi.
Avtomobil 799 dona nusxada chiqarilgan. Avtomobilning narxi 450 ming dollar turadi.
Portugaliyaning futbolchisi o`zining Instagram’dagi sahifasiga avtomobil bilan tushgan suratini joyladi.
Shuningdek “Qirollik klubi”ning o`yinchisida Bugatti Veyron, Lamborguini Aventador, Porsche 911 Turbo S, Ferrari 599 GTO va Rolls-Royce Ghost avtomobillari to`plami bor.






